
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot Chempionlar Ligasi doirasidagi Madridning “Real” jamoasiga qarshi o‘yindan oldin o‘tkazilgan matbuot anjumanida Xabi Alonsoning faoliyati haqida fikr bildirdi. Xabi Alonso o‘z vaqtida “Liverpul” safida to‘p surgan va ayni damda Ispaniyada murabbiylik faoliyatini olib bormoqda.
“U “Real”da o‘z ishini ajoyib tarzda bajarmoqda. Xabi bu yerda, “Liverpul”da, Chempionlar Ligasi g‘olibi bo‘lgan va jamoa o‘yiniga katta taʼsir ko‘rsatgan.
Uni hamon nafaqat ajoyib futbolchi, balki aʼlo darajadagi inson sifatida ham yodga olishadi. Bu yerda unga nisbatan iliq fikrda bo‘lishadi”, - dedi Slot.
Uchrashuv 4-noyabr kuni “Enfild” stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yinning boshlanish vaqti Moskva vaqti bilan soat 23:00 da belgilangan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.