date

«Real» va «Liverpul» yulduzlari Diogu Jotani xotirlashdi

«Real» va «Liverpul» yulduzlari Diogu Jotani xotirlashdi

Yevropa Chempionlar Ligasining 4-turidan o‘rin olgan «Liverpul» – «Real Madrid» uchrashuvi oldidan muhit juda ehtirosli bo‘ldi. Sababi — yaqinda avtohalokatda halok bo‘lgan portugaliyalik hujumchi Diogu Jota va uning ukasi Andreni xotirlash marosimi tashkil etildi.

Madrid klubi delegatsiyasi — sport direktori Emiliano Butragenio, bosh murabbiy Xabi Alonso hamda futbolchilar Trent Aleksander-Arnold va Din Heysen xotira maydoniga tashrif buyurib, marhum jamoadosh xotirasi uchun gulchambar qo‘yishdi va sukut saqlashdi. Bu lahza nafaqat jamoalar, balki butun futbol jamoatchiligi uchun yurakni ezgan daqiqalar bo‘ldi.

«Liverpul» safida Diogu Jota bilan besh mavsum yelkadosh bo‘lgan Trent Aleksander-Arnold ham marhum do‘sti xotirasi uchun alohida ehtirom bildirdi. U memorialga shaxsan yozgan xatini va Jotaning yoqtirgan o‘yin joystigini qo‘yib ketdi.

Uning maktubida shunday satrlar yozilgan edi:

«Aziz do‘stim Diogu, seni sog‘inamiz, seni hali ham juda yaxshi ko‘ramiz. Sen va Andrening xotirasi doimo yuragimizda yashaydi. Sen haqingda o‘ylaganimda har doim tabassum qilaman va birga o‘tkazgan ajoyib damlarimizni eslayman. Seni har kuni sog‘inaman, do‘stim. Muhabbat bilan, Trent va oila. Abadiy #20. YNWA».

Bu satrlar «Enfild»dagi barchaga ta’sir qilmasdan qolmadi. Muxlislar va jamoa a’zolari tomonidan uzoq davom etgan olqishlar orqali Diogu Jota xotirasi yana bir bor yuksak ehtirom bilan yod etildi.

Qisqasi, bu kecha nafaqat futbol, balki insoniylik va yorqin xotiralar kechasi bo‘ldi. Diogu Jota ismi esa har bir muxlis qalbida abadiy yodda qoladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Real» va «Liverpul» yulduzlari Diogu Jotani xotirlashdi