date

Slot: "Real" kuchli, ammo biz ham zaif emasmiz

Slot: "Real" kuchli, ammo biz ham zaif emasmiz
“Liverpul” bosh murabbiyi Arne Slot Chempionlar ligasi doirasida Madridning "Real" klubiga qarshi boʻlib oʻtadigan oʻyin oldidan oʻz fikrlari bilan oʻrtoqlashdi. Slotning taʼkidlashicha, joriy uchrashuv oʻtgan yilgidan farq qiladi, chunki ikki jamoaning hozirgi holati oʻzgargan.

Oʻshanda “Liverpul” ispan klubi ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozongan edi. - Bu oʻyinni oʻtgan yilgi bilan taqqoslash qiyin.

Oʻshanda "Real" tarkibida koʻplab jarohat olgan futbolchilar bor edi, hozir esa ular deyarli toʻliq tarkibga ega. Xabi Alonso ajoyib ishlarni amalga oshiryapti, ammo undan avval Karlo Anchelotti ham katta muvaffaqiyatlarga erishgandi.

Ularning tarkibiga yangi oʻyinchilar qoʻshildi va bu, albatta, oʻyin uslubiga taʼsir koʻrsatmoqda. Men oʻtgan mavsumda ham kuchli "Real"ni koʻrganman va hozir ham ular oʻsha darajada.

Ular juda yaxshi jamoa, ammo biz ham zaif emasmiz, – dedi Slot matbuot anjumanida. Mazkur uchrashuv 4-noyabr kuni “Enfild” stadionida boʻlib oʻtadi va Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Slot: "Real" kuchli, ammo biz ham zaif emasmiz