12:49 / 14.02.2022
1 276

«O‘zgidromet» hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

«O‘zgidromet» hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi
Respublika Gidrometeorologiya markazi O‘zbekistonda hafta davomida qanday ob-havo kuzatilishini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, 14 fevral, dushanba kuni O‘zbekiston hududi bo‘yicha ob-havoni janubiy Ural hududlaridan kirib kelgan nam va sovuq antitsiklon belgilaydi. Respublika hududi bo‘yicha ba’zi joylarda yomg‘ir va qor ko‘rinishidagi biroz yog‘ingarchilik bo‘ladi. Tog‘larda qor yog‘adi, kuchli bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda shamol 17-22 metr/sekundgacha kuchayishi kutilmoqda, Qoraqalpog‘istonning, Navoiy, Jizzax, Surxondaryo, Farg‘ona viloyatlarining ayrim joylarida kuchayish 25-28 metr/sekundgacha yetishi mumkin. Havo harorati 2-7 daraja iliqdan oshmaydi.

Hafta o‘rtasigacha sovuq antitsiklon ta’siri saqlanib turadi. Respublikaning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Asosan kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Harorat kechasi 2-7 daraja sovuqqacha, respublikaning shimolida 8-10 daraja sovuqqacha pasayadi, kunduzi 2-5 daraja iliq atrofida bo‘ladi.

Haftaning ikkinchi yarmida O‘zbekiston hududi bo‘yicha kuchsiz shamolli quruq ob-havo saqlanib turadi. Tungi sovuqlar «zaiflasha» boshlaydi, kunduz kunlari esa quyosh nurlari havoni 8-11 daraja iliqqacha isitadi. Kechasi va ertalab ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin.

14 fevraldan 18 fevralgacha respublikaning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » O‘zbekiston » «O‘zgidromet» hafta davomida qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi