18:15 / 21.02.2025
3 001

Evropa Ligasi 1/8 finaliga qur'a tashlandi

Evropa Ligasi 1/8 finaliga qur'a tashlandi
Shveytsariyaning Non shahrida UEFA Evropa Ligasining 2024/2025 yilgi mavsumi 1/8 final bosqichiga qur'a tashlash marosimi boʻlib oʻtdi.

Turnir asosiy bosqichining eng yaxshi 8 ta klubi va 1/16 final bosqichining 8 ta gʻolibi musobaqaning pley-off bosqichida navbatdagi raqiblarini bilib oldi.

1/8 final juftliklari:
1. "Budyo-Glimt" (Norvegiya) – "Olimpiakos" (Gretsiya)
2. "Fenerbaxche" (Turkiya) – "Reynjers" (Shotlandiya)
3. "Ayaks" (Niderlandiya) – "Ayntraxt" Frankfurt (Germaniya)
4. FKSB (Ruminiya) – "Lion" (Fransiya)
5. AZ Alkmaar (Niderlandiya) – "Tottenxem" (Angliya)
6. "Real Sosedad" (Ispaniya) – "Manchester Yunayted" (Angliya)
7. "Viktoriya" Plzen (Chexiya) – "Latsio" (Italiya)
8. "Roma" (Italiya) – "Atletik" Bilbao (Ispaniya)

1/8 final oʻyinlari 6 va 13 mart kunlari, chorak final oʻyinlari 10 va 17 aprel kunlari, yarim final oʻyinlari 1 va 8 may kunlari boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan. Final 21 may kuni Ispaniyaning Bilbao shahridagi “San-Mames” stadionida oʻtkaziladi.

arenda kvartira tashkent
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport