date

Harry Kane Chempionlar ligasi finali uchun oʻz favoritini aytdi

Harry Kane Chempionlar ligasi finali uchun oʻz favoritini aytdi

Bavariya hujumchisi Harry Kane Chempionlar ligasi finalida PSJ jamoasini favorit deb hisoblamoqda. Yarim finalda Luis Enrike shogirdlariga imkoniyatni boy bergan myunxenliklar turnirni tark etishdi, ammo ingliz hujumchisi parijliklarning tajribasi finalda hal qiluvchi omil boʻlishiga ishonmoqda. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Allianz Arenada kechgan javob uchrashuvi 1:1 hisobida yakunlandi va ikki oʻyin natijasiga koʻra PSJ 6:5 hisobida gʻalaba qozondi. Harry Kane oʻyin yakunida hakamlik qarorlaridan noroziligini yashirmadi va ayniqsa penalti belgilanmagani hamda Nuno Mendesga qizil kartochka koʻrsatilmaganidan shikoyat qildi.

Finalda PSJ oʻz tarixida ketma-ket ikkinchi bor chempionlikni qoʻlga kiritish uchun Arsenal jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Harry Kane bu ikki jamoaning oʻyin uslubi turlicha ekanligini taʼkidlab, final juda qiziqarli kechishini bashorat qildi.

Sobiq Tottenxem yulduzi finalni tomosha qilishi yoki qilmasligi haqidagi savolga hozircha aniq qarorga kelmaganini bildirdi. U oʻz jamoasining turnirdan chiqib ketganidan qattiq xafa ekanligini va hozirgi holatda futbol haqida oʻylash qiyinligini qoʻshimcha qildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Harry Kane Chempionlar ligasi finali uchun oʻz favoritini aytdi