date

Real Madridda inqiroz: Álvaro Arbeloa va futbolchilar oʻrtasidagi ziddiyat kuchaymoqda

Real Madridda inqiroz: Álvaro Arbeloa va futbolchilar oʻrtasidagi ziddiyat kuchaymoqda

Real Madrid kiyinish xonasida vaziyat tobora keskinlashib bormoqda. Ispaniyaning Marca nashri xabariga koʻra, jamoaning olti nafar futbolchisi bosh murabbiy Álvaro Arbeloa bilan muloqot qilishdan bosh tortmoqda. Mundo Deportivo nashri esa klubdagi muhitni "portlash arafasidagi kukun ombori"ga qiyoslagan. Bu haqda Goal.com xabar beradi.

Jamoa ichidagi kelishmovchiliklar faqat murabbiy bilan cheklanib qolmayapti. Federico Valverde va Aurelien Tchouameni oʻrtasida mashgʻulot vaqtida jiddiy janjal yuz bergani, hattoki futbolchilar mushtlashuvga yaqin kelgani aytilmoqda. Shuningdek, Dani Ceballosning murabbiy bilan munosabatlari uzilgani, Dani Carvajal esa oʻzining jamoadagi oʻrnidan norozi ekani maʼlum boʻldi.

Kylian Mbappe atrofidagi vaziyat ham murakkablashib bormoqda. L'Equipe nashriga koʻra, jamoadoshlari fransiyalik yulduzning xulq-atvori va unga berilayotgan imtiyozlardan charchagan. The Athletic esa Mbappe klub xodimlaridan biri bilan ham ziddiyatga borganini taʼkidlamoqda.

Real Madrid ketma-ket ikkinchi mavsumni sovrinsiz yakunlash arafasida turibdi. Chempionatda Barselona chempionlikni rasmiylashtirishga yaqin turgan bir pallada, klub rahbariyati Álvaro Arbeloani mavsum yakunida isteʼfoga chiqarishni rejalashtirmoqda. Florentino Pérez yangi murabbiy sifatida Jose Mourinioni koʻrmoqchi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Real Madridda inqiroz: Álvaro Arbeloa va futbolchilar oʻrtasidagi ziddiyat kuchaymoqda