date

Spotify sunʼiy intellektga asoslangan DJ funksiyasini kengaytirmoqda

Spotify sunʼiy intellektga asoslangan DJ funksiyasini kengaytirmoqda

Spotify kompaniyasi payshanba kuni oʻzining interaktiv sunʼiy intellekt (AI) DJ funksiyasi endilikda yana toʻrtta yangi tilni qoʻllab-quvvatlashini eʼlon qildi. Endilikda foydalanuvchilar fransuz, nemis, italyan va braziliya portugal tillarida ham musiqiy sharhlarni tinglashlari mumkin. Bungacha ushbu funksiya faqat ingliz va ispan tillarida mavjud edi. Bu haqda Techcrunch.com xabar beradi.

Kompaniya har bir til uchun oʻziga xos nom va xarakterga ega boʻlgan yangi AI DJ obrazlarini taqdim etdi: Maia, Ben, Alex va Dani. Til imkoniyatlarining kengayishi bilan bir qatorda, ushbu funksiya Avstriya, Braziliya, Fransiya, Germaniya, Italiya, Portugaliya, Janubiy Koreya va Shveysariya kabi mamlakatlarda ham ishga tushirildi. Hozirda AI DJ dunyoning 75 dan ortiq mamlakatida foydalanish uchun ochiq.

Dastlabki bosqichda AI DJ faqat foydalanuvchilarning didiga mos musiqalarni tanlab, ular haqida qisqacha maʼlumot berar edi. Biroq, 2025-yil may oyida kiritilgan yangilanishlar bilan funksiya yanada interaktivlashdi. Endilikda foydalanuvchilar ChatGPT, Claude yoki Gemini kabi sunʼiy intellekt tizimlariga oʻxshab, AI DJ bilan muloqot qilib, kayfiyat yoki janr boʻyicha musiqiy soʻrovlar yuborishlari mumkin.

Spotify oʻz ilovasiga sunʼiy intellektga asoslangan yangi imkoniyatlarni muntazam ravishda qoʻshib bormoqda. Xususan, foydalanuvchilar shunchaki oʻzlari xohlagan musiqa yoki podkast turini taʼriflash orqali maxsus pleylistlar yaratishlari mumkin boʻldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Spotify sunʼiy intellektga asoslangan DJ funksiyasini kengaytirmoqda