
Shanba oqshomida Germaniya futbolida roʻy bergan asosiy voqealar, oʻyinlardagi gollar va turnir jadvalidagi vaziyat bilan quyida tanishishingiz mumkin.
«Holshtayn Kil» — «Bayer» 0:2
Gollar: Shik (9), Adli (45).
«Bayer» — Kovar, Tapsoba, Ta, Inkapie, Grimaldo, Andrix, Jaka, Frimpong (Mukiyele, 83), Adli (Buendiya, 70), Virts, Shik (Bonifase, 83).
«Bayer» debyutda «Holshtayn» himoyasini shunchaki yanchib tashladi, himoyachilarni masxara qilgan Adli esa maydon chizigʻidan darvozabon hududiga yumshoq pas berdi, bu erda Shik hammadan ildamroq harakat qildi. Tanaffus arafasida esa Adlining oʻzi Virsning uzatmasidan keyin «Bayer»ning hisobdagi ustunligini oshirdi. Bu Florian uchun chempionatdagi oʻninchi golli uzatma boʻldi va u ketma-ket ikkinchi mavsumda bunday koʻrsatkichga erishmoqda. «Kuchli beshlik»da bunday ishni faqat Saloh uddalagan, Xabi Alonso esa yana Bundesliganing rekordlar kitobini qayta yozmoqda. Ispaniyalik mutaxassis 28 ta safar oʻyinida magʻlubiyat nimaligini bilmayapti va oʻtgan asrning 80-90-yillari oraligʻida «Bavariya» va «Kyoln» boshqaruvida qoʻrqinchli mehmon vazifasini bajargan Udo Lattekning natijasini ortda qoldirdi.
«Borussiya» D — «Union» 6:0
Gollar: Leyte (25, avtogol), Girassi (40, 75, 80, 83), Bayer (89).
«Borussiya» D — Kobel, Bensebayni (Svensson, 70), Shlotterbek, Jan, Ryuerson (Yan Kouto, 85), Gross, Zabittser (Oʻzjan, 85), Reyna (Chukvuemeka, 70), Bayer, Adeyemi, Girassi (Gittens, 85).
«Union» Berlin — Rennov, Rote, Diogu Leyte, Duki, Yuranovich, Tuzar (Haberer, 57), Xedira (Benesh, 57), Xollerbax (Lyubichich, 72), Shefer (Kverfeld, 82), Chon Vu Yon (Skarke, 72), Ilich.
Ogohlantirishlar: Xedira (17), Bensebayni (50), Tuzar (56), Reyna (58).
EChLda birinchi oʻyindayoq masalani hal qilib 1/8 finalga yoʻl olgan «Borussiya» «Sporting» bilan javob oʻyinida urilmay qolgan gollarini «Union» darvozasiga urdi va bundesligadagi vaziyatni asta-sekin oʻnglab bormoqda. Birinchi boʻlim oʻrtalarida berlinliklar himoyachisi Diogu Leyte Ryuersonning zarbasidan keyin toʻpni toʻsishga urinib, avtogol muallifiga aylandi. Keyin esa mehmonlar darvozabon hududida turgan Girassi Grossining uzatmasini golga aylantirishiga qarshilik qila olmadi. Ikkinchi boʻlimda esa «Union» mudofaasi butkul parokandalikka uchradi. Mehmonlarga rahmi kelgan hakam asosiy vaqtga bir soniya ham qoʻshmasdan final hushtagini chaldi - shu kuni Gross toʻrtta golli uzatma amalga oshirdi. Girassining hisobida ham shuncha gol. Gvineyalik futbolchi faoliyatidagi ilk pokerini amalga oshirib, Dortmundga Obameyang va Holandning xuddi shunday benefisi haqida eslatib qoʻydi. «Signal Iduna Park»da ajoyib hafta, faqat yevrokubok zonasigacha hali ancha bor.


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar