date

Moskva viloyatida uy interneti uchun oq ro'yxatlar joriy etildi

Moskva viloyatida uy interneti uchun oq ro'yxatlar joriy etildi

1-maydan boshlab Rossiyaning Moskva viloyati Shchyolkovo tumanidagi "Vsem Wi-Fi" provayderi abonentlari uy internetining noodatiy ishlash rejimiga duch kelishdi. Endilikda tarmoqqa kirish faqatgina maxsus oq ro'yxatdagi resurslar uchungina mumkin bo'lmoqda. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.

Foydalanuvchilarning so'zlariga ko'ra, ushbu cheklovlar yuqori turuvchi operator tashabbusi bilan kiritilgan. Bu holat may bayramlari davrida vaqtinchalik xarakterga ega ekanligi aytilmoqda.

Shunga o'xshash xabarlar Rossiyaning boshqa hududlaridan, jumladan Sibir, Ural va Kavkazdan ham kelib tushmoqda. Biroq hozircha bu faqat tarmoqdagi xususiy kuzatuvlar va shikoyatlardan iborat bo'lib, butun mamlakat bo'ylab bunday amaliyot joriy etilgani rasman tasdiqlanmagan.

Mart oyi oxirida Rostov-na-Donu kabi qator janubiy hududlarda ham oq ro'yxatlar sinovdan o'tkazilayotgani xabar qilingan edi. Bunga qaramay, yirik aloqa operatorlari va Raqamli rivojlanish vazirligi uy interneti uchun tizimli cheklovlar kiritilmaganini ta'kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Moskva viloyatida uy interneti uchun oq ro'yxatlar joriy etildi