27-maydan "Samsung" va "Intel" kompyuterlari importi rasman taqiqlanadi

Rossiya Sanoat va savdo vazirligi parallel import qoidalarini qayta ko'rib chiqdi. Endilikda yirik jahon ishlab chiqaruvchilarining kompyuterlari, xotira qurilmalari va butlovchi qismlari ro'yxatdan chiqarildi. Bu haqda Ixbt.com xabar beradi.
Yangilangan ro'yxatga "Acer", "Asus", "HP", "Intel", "Samsung", "Toshiba", "Adata" kabi ko'plab mashhur brendlar kiritilgan. Ushbu yangi cheklovlar 27-maydan kuchga kiradi.
Bozor ishtirokchilarining ogohlantirishicha, bu o'zgarishlar barchaga ta'sir qiladi. Oddiy foydalanuvchilardan tortib aloqa operatorlarigacha bo'lgan qatlamda taqchillik va narxlarning o'sishi kuzatilishi mumkin.
Vazirlik vakillari ushbu qaror bozor holatini tahlil qilish asosida qabul qilinganini ta'kidladi. Parallel import mexanizmi 2026-yilgacha uzaytirilgan bo'lsa-da, mahalliy muqobillar paydo bo'lganda ayrim tovarlar ro'yxatdan chiqarilishi davom etadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!