Avval xabar berganimizdek, Xalqaro Boks Assosiasiyasi (AIBA) yilning eng yaxshi bokschisini aniqlash uchun Twitter ijtimoiy tarmog‘i orqali so‘rovnoma e’lon qilgan edi. Unga ko‘ra, uch nomzod boks bo‘yicha yilning eng nufuzli sovriniga da’vogarlik qilayotgandi, deb xabar qilmoqda "Kun.uz" nashri.
- Hasanboy Do‘smatov – Rio 2016 Olimpiada o‘yinlarining oltin medal sohibi (O‘zbekiston)
- Robeysi Ramires – Rio 2016 Olimpiada o‘yinlarining oltin medal sohibi (Kuba)
- Daniyar Eleussinov - Rio 2016 Olimpiada o‘yinlarining oltin medal sohibi (Qozog‘iston)
Biroz avval yakuniga etgan so‘rovnomada barcha to‘plangan ovozlarning 77 foizini qo‘lga kiritgan hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov “Yilning eng yaxshi bokschisi” sovriniga loyiq deb topildi.
Agar, Xalqaro Boks Assosiasiyasi (AIBA) “yilning eng yaxshi bokschisi”ni aniqlash uchun qayta so‘rovnoma o‘tkazmasa, sovrin joriy yilning 20 dekabr kuni Hasanboy Do‘smatovga topshiriladi (chunki so‘rovnomada dunyo bo‘ylab 1,234 nafar foydalanuvchi ishtirok etgan, xolos).
Eslatib o‘tamiz, Hasanboy Do‘smatov Braziliyada bo‘lib o‘tgan Olimpiadada 49 kg.gacha vazn toifasida kolumbiyalik Yuberxen Martines Rivasni engib, oltin medalni qo‘lga kiritgan edi.
Biroz avvalroq, Hasanboy Do‘smatov va boks murabbiyi Ravshan Xadjaev "Oltin Mangust" xalqaro mukofotiga loyiq topilgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi