date

O‘zbekiston yengil atletlari Bahrayn-2025da 4 medal qo‘lga kiritdi


O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari Bahraynda o‘tkazilgan III Osiyo yoshlar o‘yinlarining yengil atletika musobaqalarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, to‘rtta medalni qo‘lga kiritdi. 1500 metr masofaga yugurish bo‘yicha finalda Nazmina Rahimjonova oltin medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekistonning umumiy reytingdagi pozitsiyasini mustahkamladi.

Kumush medallarni Muhammadaziz Nosirov (bolg‘a uloqtirish) va Shahzodbek Xolmurodov (uch hatlab sakrash) qo‘lga kiritdi. Yana bir medal Shodiyona Rahmonova tomonidan 100 metrga to‘siqli yugurishda uchinchi o‘rinni egallab, O‘zbekiston terma jamoasi hisobiga qo‘shildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston yengil atletlari Bahrayn-2025da 4 medal qo‘lga kiritdi