date

Ovechkin NHL tarixini o'zgartirdi: 900 gol


Rossiyalik hujumchi, “Vashington Kepitals” jamoasi a'zosi Aleksandr Ovechkin NHL tarixida ilk bor 900 gol urgan ilk o'yinchi bo'ldi. Bu haqda Championat nashri xabar berdi.

40 yoshli sportchi o'zining 900-golini “Sent-Luis Blyuz” jamoasiga qarshi o'yinda, ikkinchi periodning 18-daqiqasida kiritdi. Ovechkin bungacha NHLning muntazam mavsumlarida urilgan gollar soni bo'yicha Ueyn Gretzkiyning rekordini (894 gol) ortda qoldirgan edi.

Rossiyalik yulduzning klub bilan amaldagi shartnomasi yana bir mavsumga mo'ljallangan. Avvalroq Ovechkin yangi shartnoma imzolashni hali rejalashtirmayotgani haqida ma'lum qilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Ovechkin NHL tarixini o'zgartirdi: 900 gol