
Shanba kuni "Aston Villa" "Chelsi" ustidan 2:1 hisobida irodali g'alaba qozondi. Unai Emery boshchiligidagi jamoa APLda ketma-ket sakkizinchi g'alabasini qo'lga kiritib, chempionlik kurashiga yanada yaqinlashdi, biroq ispaniyalik murabbiy hali ham yakuniy triumf borasida shoshilmayapti. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Uchrashuvdan keyingi intervyuda Emery chempionlik poygasi haqida so'ralganda, hozircha bunday maqsadni ochiq tilga olish erta ekanini ta'kidladi. "Chempionlik uchun kurash? Menimcha, yo'q, lekin hozir yaxshi raqobatlashyapmiz. Oldinda yana 20 tur bor. "Chelsi" va "Liverpul" kabi kuchi juda katta jamoalar bor, ulardan bizga qaraganda ko'proq narsa talab qilinadi", dedi u.
Hozirda "Aston Villa" 39 ochko bilan turnir jadvalida uchinchi o'rinda bormoqda. Klub "Manchester Siti" (40) va "Arsenal"dan (42) ortda, keyingi o'rinlardagi "Liverpul" va "Chelsi" esa mos ravishda 32 va 29 ochko jamg'argan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.