
«Barselona»ning yosh va iqtidorli vingeri Lamin Yamal maydondagi o‘yini bilan emas, balki raqamli platformalarda ham muxlislarni hayratga solishda davom etmoqda. Futbolchi ochgan YouTube kanali jami ikki kun ichida 1 milliondan ortiq obunachi yig‘ib, haqiqiy sensatsiyaga aylandi.
Ayni paytda "Barselona" futbolchisining kanalida 1,05 million nafardan ziyod foydalanuvchi obuna bo‘lgan. Qiziq jihati shundaki, kanalga hozircha atigi bitta video joylangan. Unda Lamin Yamal o‘z uyi bo‘ylab kichik ekskursiya o‘tkazib, shaxsiy hayotidan pardalarni ochgan.
Mazkur video qisqa vaqt ichida katta qiziqish uyg‘otdi: ikki sutka mobaynida rolik 5,7 million marta tomosha qilindi. Bu ko‘rsatkichlar yosh futbolchining nafaqat maydonda, balki internet makonida ham ulkan auditoriyaga ega ekanini yaqqol ko‘rsatmoqda.
Eslatib o‘tish joiz, YouTube qoidalariga ko‘ra, 1 million obunachiga yetgan kanal mualliflariga maxsus «Oltin knopka» mukofoti taqdim etiladi. Demak, Lamin Yamal yaqin orada nafaqat futbolda, balki blogerlik sohasida ham ilk katta yutug‘ini qo‘lga kiritishi kutilmoqda.
Muxlislar esa endi yangi videolarni, sahna ortidagi lavhalarni va yosh yulduzning hayotiga oid yanada qiziq kontentni sabrsizlik bilan kutmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.