
Londonning «Arsenal» klubi vingeri Bukayo Saka APL tarixida jamoasining eng ko'p golli uzatma bergan futbolchilari ro'yxatida 5-o'ringa ko'tarildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
24 yoshli angliyalik futbolchi shanba kuni «Brayton»ga qarshi o'yinda Martin Edegorga assist muallifi bo'ldi. Uchrashuv «kanonirlar»ning 2:1 hisobidagi g'alabasi bilan yakunlandi. Squawka ma'lumotiga ko'ra, Saka Aaron Remzini ortda qoldirib, «Arsenal» safida APLdagi assistlari sonini 47 taga yetkazdi.
Uning oldida Dennis Bergkamp (94), Tyerri Anri (74), Sesk Fabregas (70) va Mesut Ozil (54) qayd etilgan.
Bukayo Saka 2019 yildan buyon «Arsenal»ning asosiy jamoasida o'ynab kelmoqda. U APLda jami 211 ta uchrashuvda maydonga tushib, 57 ta gol ham urgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.