date

Marselo Mourinyu uni qanday ruhlantirganini esladi

Marselo Mourinyu uni qanday ruhlantirganini esladi

Madridning "Real" klubida uzoq yillar to'p surgan Marselo Joze Mourinyu bilan ishlagan davrlari haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Braziliyalik himoyachi "qirollik klubi" safida 2007–2022 yillarda harakat qilgan, portugaliyalik mutaxassis esa jamoani 2010–2013 yillarda boshqargan.

Marseloning aytishicha, Mourinyu uning o'yiniga bahoni juda ochiq berardi. "Uelva"ga qarshi o'yindan keyin murabbiy avtobusda unga "Sen eng zo'rsan, aql bovar qilmas ishlar qilyapsan" deb maqtagan. Biroq keyingi uchrashuvda u yomon o'ynagach, Mourinyu keskin ohangda: "Sen o'zingga teskariga aylanib qolding, juda yomon eding, maydonda nima qilding o'zi?" degan.

“Menga shunday yondashuv yoqadi, bu fikrlash tarzini o'zgartirgan”, — deya Marseloning xotiralarini Madrid Xtra keltirdi.

Ma'lumot uchun, Marselo 2025 yil boshida professional faoliyatini yakunlagan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Marselo Mourinyu uni qanday ruhlantirganini esladi