date

Spalletti g'alabadan keyin ham Yuventus o'yinidan qoniqmadi

Spalletti g'alabadan keyin ham Yuventus o'yinidan qoniqmadi

"Yuventus" bosh murabbiyi Luchano Spalletti A Seriyada "Piza"ga qarshi 2:0 hisobidagi g'alabadan so'ng jamoa o'yini haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Turinliklar hisobni faqat 73-daqiqada ochdi: raqibning avtogoli mehmonlarga yordam berdi. 92-daqiqada esa Kenan Yildiz ikkinchi golni urib, uch ochkoni rasmiylashtirdi.

Spallettining aytishicha, "Yuventus" maydonda juda sust harakat qilgan. U ikkinchi bo'limning dastlabki hamda yakuniy 6-7 daqiqasi omadsiz o'tganini, "Piza" bir nechta xavfli vaziyatlar yaratganini va jamoasi biroz omad evaziga qutulib qolganini ta'kidladi. Murabbiy umumiy bahoda ikkinchi taymda o'yin yaxshilangani, hujumda ijodkorlik ko'paygani va jarima maydonida bo'sh zonalar tez-tez topilgani sabab gol pishib yetilganini qayd etib, baribir yanada yaxshiroq ishlash kerakligini qo'shdi.

"Yuventus" A Seriya jadvalida hozircha uchinchi o'rinda, biroq raqiblarning ko'pida 1-2 tadan zaxira o'yin bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Spalletti g'alabadan keyin ham Yuventus o'yinidan qoniqmadi