
“Barselona” 2026 yilda markaziy himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi. Klub rejasiga ko‘ra, yanvar oyida nisbatan arzonroq nomzodlarga e’tibor qaratiladi, yozda esa kataloniyaliklar yangi futbolchi uchun kattaroq mablag‘ ajratishi kutilmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Barca Centre xabariga ko‘ra, bosh murabbiy Hans-Diter Flikning yozgi transfer bozoridagi eng ustuvor varianti — Dortmundning “Borussiya” klubida to‘p surayotgan Niko Shlotterbek. Biroq sport direktori Deko boshqa yo‘nalishni ma’qul ko‘radi: u “Inter” himoyachisi Alessandro Bastonini afzal deb hisoblaydi. Shunga qaramay, italiyalik futbolchini olib kelish oson bo‘lmaydi — Bastoni “Inter”ni tark etishni istamaydi va uning narxi ham yuqori.
Transfermarkt bahosiga ko‘ra, Shlotterbekning qiymati 55 mln yevro, Bastoniniki esa 80 mln yevroga teng. Har ikki futbolchi hozir 26 yoshda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.