date

Riyod-2025: O‘zbek sportchilari kumush medallarni qo‘lga kiritdi


2025-yil 11-noyabr kuni Er-Riyod shahrida o‘tkazilgan VI Islom birdamligi o‘yinlarida O‘zbekiston sportchilari karate va suzish bo‘yicha ikki kumush medalni qo‘lga kiritishdi. Karate musobaqalarida o‘zbekistonlik Gulshan Alimardonova 50 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Finalda u eronlik raqibasi bilan bahs olib bordi va umumiy hisobda ikkinchi o‘rinni egalladi. Suzish bo‘yicha esa iste’dodli sportchi Ilya Sibirsev 200 metr masofaga erkin uslubda suzish musobaqasida ishtirok etdi.

U 1:50.04 natija bilan marraga ikkinchi bo‘lib yetib bordi va faqat Qozog‘iston sportchisidan ortda qoldi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Agar kod o‘qilmasa, yangilash uchun rasmga bosing
Yangiliklar » Sport » Riyod-2025: O‘zbek sportchilari kumush medallarni qo‘lga kiritdi