date

Globe Soccer Award 2025da eng yaxshi terma jamoa aniqlandi

Globe Soccer Award 2025da eng yaxshi terma jamoa aniqlandi

Yakshanba kuni Globe Soccer Award marosimida yilning eng yaxshilari taqdirlanadi. «Eng yaxshi terma jamoa» nominatsiyasida 2025 yil gʻolibi sifatida Portugaliya terma jamoasi eʼtirof etildi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Portugallar iyun oyida Millatlar ligasida ham chempion bo‘lgandi. Roberto Martines boshqaruvidagi jamoa finalda Ispaniya bilan 2:2 hisobida durangdan so‘ng penaltilar seriyasida zafar quchdi. Terma safida yulduz hujumchi Krishtianu Ronaldu ham to‘p suradi.

Yozda Portugaliya terma jamoasi navbatdagi yirik turnir — jahon chempionatida ishtirok etadi. Musobaqaga AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qiladi. Guruh bosqichida portugallarning raqiblari Oʻzbekiston, Kolumbiya hamda qitʼalararo pley-offdan yo‘llanma oladigan jamoalardan biri bo‘ladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Globe Soccer Award 2025da eng yaxshi terma jamoa aniqlandi