date

Ashraf Hakimi og'ir jarohatdan so'ng maydonga qaytdi

Ashraf Hakimi og'ir jarohatdan so'ng maydonga qaytdi

«Pari Sen-Jermen» va Marokash terma jamoasi o'ng qanot himoyachisi Ashraf Hakimi uzoq tanaffusdan keyin yana maydonga tushdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

27 yoshli futbolchi Afrika Millatlar kubogining bugungi uchrashuvida Zambiyaga qarshi bahsda 64-daqiqada zaxiradan o'yinga qo'shildi va Nussair Mazraui o'rnini egalladi. Bu Hakimi uchun qariyb ikki oydan beri ilk o'yin bo'ldi. Eslatib o'tamiz, noyabr boshida u Chempionlar ligasida «PSJ» — «Bavariya» uchrashuvida to'piqdan jiddiy jarohat olgandi.

Hakimining qaytishi paytiga kelib Marokash terma jamoasi zambiyaliklar darvozasiga javobsiz uchta gol urishga ulgurgan edi. G'alaba qozonilsa, Valid Regragui shogirdlari 7 ochko jamg'arib, guruhda birinchi o'rinni egallaydi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Ashraf Hakimi og'ir jarohatdan so'ng maydonga qaytdi