Habib Nurmagomedov Globe Soccer’da Pogbaga sovrin topshirdi

Rossiyalik mashhur jangchi Habib Nurmagomedov yakshanba kuni Globe Soccer Awards taqdirlash marosimida ishtirok etdi. Tadbir sahnasida u “Monako” yarim himoyachisi Pol Pogbaga mukofotni shaxsan topshirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Pogba “Yilning kambeki” nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi. Fransuz futbolchi antidoping qoidalarini buzganlik uchun berilgan diskvalifikatsiya sababli yuzaga kelgan uzoq tanaffusdan keyin maydonga qaytdi.
Pol Pogba “Monako” safida hozircha uchta o‘yinda maydonga tushdi. 32 yoshli yarim himoyachi hali gol yoki assist bilan ajralib turgani yo‘q.
Ayni paytda “Monako” Fransiya Liga 1 turnir jadvalida to‘qqizinchi o‘rinda bormoqda.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling






























Izohlar 0
…