date

Pedri Espanolga qarshi o'yin oldidan holatini aytdi

Pedri Espanolga qarshi o'yin oldidan holatini aytdi

Barselona yarim himoyachisi Pedri Espanolga qarshi bahs arafasida o'zini qanday his qilayotgani haqida fikr bildirdi. 23 yoshli futbolchi mushak bilan bog'liq noqulaylik sabab jamoasining avvalgi Villarrealga qarshi uchrashuvini o'tkazib yuborgandi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Dushanba kuni o'tkazilgan ochiq mashg'ulotda Pedri hozirda uni hech narsa bezovta qilmayotganini va maydonga tushishga tayyor ekanini ta'kidladi. Uning aytishicha, u yana to'liq mashg'ulotlarga qaytganidan xursand va aynan shu lahzani uzoq kutgan.

Barselonaning Espanol maydonidagi katalon derbisi 3 yanvar kuni bo'lib o'tadi. Uchrashuv 01:00 da (Toshkent vaqti bilan) start oladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Pedri Espanolga qarshi o'yin oldidan holatini aytdi