date

JCH–2026 oldidan kuchlar nisbati: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

JCH–2026 oldidan kuchlar nisbati: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?

AQSHning CBS Sports Golazo nashri 2026-yilda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati ishtirokchilari orasida eng kuchli terma jamoalar reytingini e’lon qildi. Manba tahliliga ko‘ra, hozirgi paytda dunyo futbolida eng barqaror va qudratli jamoa sifatida Ispaniya terma jamoasi e’tirof etilgan.

Reytingning ikkinchi pog‘onasini amaldagi jahon chempioni — Argentina terma jamoasi egalladi. Uchinchi o‘rin esa so‘nggi yillarda katta turnirlarda doimiy ravishda favoritlar qatorida bo‘lib kelayotgan Fransiya terma jamoasiga nasib etdi.

Kuchli oltilikni Braziliya, Angliya va Portugaliya terma jamoalari to‘ldirgan. Mutaxassislar fikricha, ushbu jamoalarning barchasi JCH–2026da chempionlik uchun jiddiy kurash olib borish salohiyatiga ega.

O‘z tarixida ilk bor jahon chempionati yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi mazkur reytingda 40-o‘rindan joy oldi. Bu natija milliy termamiz uchun yangi bosqichga qadam qo‘yilayotganini anglatadi va kelajakda yanada yuqori pog‘onalar uchun kurashish imkoniyati borligini ko‘rsatadi.

Osiyo qit’asi vakillari orasida esa quyidagi jamoalar yuqori o‘rinlarni band etgan:

— Yaponiya — 14-o‘rin

— Janubiy Koreya — 15-o‘rin

— Eron — 20-o‘rin

— Saudiya Arabistoni — 26-o‘rin

— Qatar — 30-o‘rin

— Avstraliya — 33-o‘rin

— Iordaniya — 35-o‘rin

— O‘zbekiston — 40-o‘rin

Eslatib o‘tamiz, Jahon chempionati 2026 musobaqasi AQSH, Kanada va Meksika mezbonligida o‘tkaziladi hamda kelasi yil — 11-iyun kuni start oladi. O‘zbekistonlik muxlislar esa tarixiy turnirda milliy termamizning ilk ishtirokini katta hayajon bilan kutmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » JCH–2026 oldidan kuchlar nisbati: O‘zbekiston nechanchi o‘rinda?