
"Yuventus"ning markaziy himoyachisi Federiko Gatti hanuz "Milan"ning transfer ro'yxatida qolmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Turli manbalar avvalroq "rossoneri" 27 yoshli futbolchini qishki transfer oynasida o'z safiga qo'shib olishni istayotganini yozgandi. Sky Sport xabariga ko'ra, Gattining "Milan"ga o'tishi hozircha juda qiyin ko'rinadi, biroq vaziyat futbolchining o'zi transferni qat'iy talab qilsa o'zgarishi mumkin.
Transfermarkt Gattining bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda. Joriy mavsumda italiyalik himoyachi "Yuventus" safida barcha musobaqalarda 14 o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. Uning turinliklar bilan shartnomasi 2030 yilgacha amal qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.