
O‘zbekiston terma jamoasi Riyod shahrida bo‘lib o‘tayotgan VI Islom birdamlik o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etishda davom etmoqda. Navbatdagi oltin medalni milliy jamoa hisobiga karate sport turi bo‘yicha qatnashgan Sevinch Rahimova keltirdi.
55 kg vazn toifasidagi final bahsida o‘zbekistonlik sportchi Marokko vakilasiga qarshi yorqin va texnik jihatdan yuqori darajadagi jang o‘tkazdi. Rahimova o‘z ishonchi, mukammal taktikasini namoyish etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Shu bilan u O‘zbekiston terma jamoasining ushbu o‘yinlardagi o‘ninchi chempioniga aylandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing