
O'zbekistonning aralash jamoasi ilk bor Dakada o'tkazilayotgan Osiyo chempionati finaliga chiqdi. Bu haqda World Archery xabar berdi.
Sportchilar Amirxon Sadikov va Ziyodaxon Abdusattorova Janubiy Koreya vakillarini mag'lubiyatga uchratib, tarixiy g'alabaga erishishdi. O'zbekistonlik juftlik musobaqa favoritlarini ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi.
Finalda vakillarimiz 14-noyabr, juma kuni Xitoy Taybeyi jamoasiga qarshi bahs olib borishadi. Shuningdek, blokli kamon bo'yicha aralash jamoa musobaqasida Bangladesh terma jamoasi ham tarixiy finalga yo'l oldi.
Ular Janubiy Koreyaning boshqa jamoasini mag'lub etishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.