date

Aziza va Sevara bronza medal sohiblari bo'ldi


2025-yilning 13-noyabr kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo'lib o'tayotgan VI Islom birdamligi o'yinlarida O'zbekistonning muay-tay bo'yicha terma jamoasi ikki bronza medalini qo'lga kiritdi. 55 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasida Aziza Mamurova bronza medalga sazovor bo'ldi.

Yarim final bahsida o'zbekistonlik sportchi Birlashgan Arab Amirliklari vakilasiga imkoniyatni boy berdi va uchinchi o‘rinni egalladi. Yana bir bronza medalni 65 kilogrammgacha bo'lgan vazn toifasida Sevara Dilmurodova qo'lga kiritdi.

Yarim finalda Sevara kuchli turkiyalik raqibasi bilan uchrashib, qattiq kurashdan so'ng uchinchi o'rinni egalladi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Aziza va Sevara bronza medal sohiblari bo'ldi