
2025-yil 16-noyabr kuni Bangladeshda kamondan otish bo'yicha Osiyo chempionati yakunlandi. Bu musobaqa O'zbekiston terma jamoasi uchun tarixiy voqea bo'ldi.
Milliy jamoa ilk bor qit'a chempionatida shohsupaga ko'tarilib, darhol ikkita medalga sazovor bo'ldi. Tajribali Amirxon Sodiqov va Ziyodaxon Abdusattorova aralash juftlik yo'nalishida saralash va pley-off bosqichlaridan muvaffaqiyatli o'tib, ilk bor final o'yiniga yetib bordi.
Hal qiluvchi bahsda o'zbekistonlik kamonchilar raqiblariga kichik farq bilan imkoniyatni boy berib, kumush medal sohibiga aylanishdi. Shuningdek, O'zbekiston erkaklar jamoasi uchinchi o'rin uchun bahsda Qozog'iston vakillarini qiyin kurashda mag'lub etib, bronza medalini qo'lga kiritdi.
Shu tariqa, o'zbekistonlik kamonchilarning ushbu chempionatda ko'rsatgan natijasi mamlakat tarixidagi eng muvaffaqiyatlisi bo'ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.