
APLning 19-turi doirasidagi so'nggi uchrashuvlarda «Tottenhem» «Brentford» bilan durang o'ynadi va darvozasini daxlsiz saqlab qoldi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bu natija «shporlar» uchun joriy mavsumdagi APLda gol o'tkazilmagan o'yinlar sonini 7 taga yetkazdi. Qizig'i, bu ko'rsatkich o'tgan mavsumdagi umumiy natijadan ham yuqori: o'shanda «Tottenhem» atigi 6 marta maydonni «quruq» tark etgandi.
Shu jihatdan Tomas Frank jamoasining himoyadagi o'sishi ko'zga tashlanadi, biroq turnir jadvalidagi vaziyat bunday deyishga imkon bermayapti — «Tottenhem» hozircha APLda 12-o'rinda bormoqda.
Keyingi turda «Tottenhem» «Sanderlend»ga qarshi maydonga tushadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.