date

Laporta Flik haqida fikr bildirdi


“Barselona” prezidenti Joan Laporta “Atletik” ustidan 4:0 hisobidagi gʻalabadan soʻng jamoa bosh murabbiyi Xans-Diter Flik haqida oʻz fikrlarini bildirdi. “Xansi menga shunday dedi: ‘Prezident, men stadionning toʻliq tayyor boʻlganini koʻrishni xohlayman’.

Men unga javob berdim: ‘Tinchlaning, koʻrasiz. Siz bu yerda allaqachon oʻz oʻrningizni topdingiz, janob.’ Flikning shartnomasi 2027-yilning oʻrtasigacha moʻljallangan va biz undan juda mamnunmiz.

Agar mashgʻulotlarga, u futbolchilar bilan qanday ishlashiga, tajribali va yosh oʻyinchilarga boʻlgan munosabatiga qarasangiz, u ajoyib professional ekanini koʻrasiz. U bizga hammasi toʻgʻri amalga oshirilayotganiga ishonch bagʻishlayapti.

Bu Xansining mohirona boshqaruvidan dalolat beradi,” - dedi Laporta DAZN nashriga. “Barselona” oʻzining navbatdagi uchrashuvini 25-noyabr kuni Chempionlar ligasi doirasida “Chelsi”ga qarshi oʻtkazadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Laporta Flik haqida fikr bildirdi