
Orta statistik platformasining superkompyuteri O‘zbekiston milliy futbol terma jamoasining 2026 yilgi Jahon chempionatidagi imkoniyatlarini baholadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, terma jamoamizning chempion bo‘lish ehtimoli atigi 0,2 foizni tashkil etadi.
Superkompyuterning hisob-kitoblariga ko‘ra, eng yuqori imkoniyatga ega jamoalar Ispaniya (17%), Fransiya (14,1%) va Angliya (11,8%) bo‘ldi. Gaiti, Kyurasao va Iordaniya terma jamoalarining g‘alaba qozonish ehtimoli esa nolga teng deb baholangan.
Ma’lumot o‘rnida, joriy yil kuzida Goal.com portali ham JCH-2026ga chiqqan jamoalarning imkoniyatlarini baholagan edi va ushbu ro‘yxatda O‘zbekiston terma jamoasi ham kiritilgan. O‘zbekiston 27 ta jamoa orasida 25-o‘rinni egalladi.
Mutlaxassislar jamoaning murabbiy almashinuvi va boshqa qiyinchiliklarga qaramay, Jahon chempionatiga chiqishga muvaffaq bo‘lganini alohida ta’kidladilar. Turnirning asosiy favoritlari sifatida Ispaniya, Argentina va Angliya ko‘rsatilmoqda.
Orta platformasi hisob-kitobiga ko‘ra, Argentinaning chempionlik imkoniyati 8,7 foizni tashkil qiladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.