Konte Spallettiga bayonotlarda ehtiyot bo‘lishni maslahat berdi

“Napoli” bosh murabbiyi Antonio Konte Chempionlar ligasida “Chelsi”ga qarshi uchrashuv oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida Luciano Spallettining so‘nggi gaplariga munosabat bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
“Yuventus” ustozi Spalletti chempionatdagi “Napoli” ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng jamoasi “sobiq chempionlar”ni yenggani ularga o‘z kuchiga ishonch baxsh etishini aytgandi.
Konte esa bu ibora noo‘rin chiqqanini ta’kidladi: uning so‘zlariga ko‘ra, “Napoli” futbolkalari hanuz skudetto bilan bezatilgan va klubning chempionlik unvoni hurmatga loyiq. Mutaxassis Spallettini kuchli murabbiy deb bilishini, ammo bunday bayonotlarda yanada ehtiyotkor bo‘lishi kerakligini qo‘shimcha qildi.
Ayni paytda “Napoli” 43 ochko bilan turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda bormoqda. Peshqadam “Inter” hisobida esa 52 ochko bor.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!