date

O‘zbekiston Dota 2 xalqaro musobaqasida qatnashadi

O‘zbekiston Dota 2 xalqaro musobaqasida qatnashadi

O‘zbekiston va yana 11 davlat Dota 2 o‘yini bo‘yicha Ochiq kibersport talabalar turniri final bosqichida qatnashadi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

Final musobaqalari 20-21 dekabr kunlari Moskvada bo‘lib o‘tadi. Unda Argentina, Qozog‘iston va Hindiston vakillari ham ishtirok etadi.

Rossiya Kibersport federatsiyasi rahbari Dmitriy Smitning so‘zlariga ko‘ra, ushbu turnir to‘rtinchi marta tashkil etilmoqda. Smitning qo‘shimcha qilishicha, bu yil musobaqada ishtirok etish uchun xorijiy davlatlardan rekord darajada – 51 ta ariza kelib tushgan.

Ochiq kibersport talabalar o‘yinlari har yili turli davlatlardan bo‘lgan talabalar o‘rtasida o‘tkaziladi. 2024-yilda turnirda 38 mamlakatdan kibersportchilar ishtirok etdi.

Dota 2 – bu MOBA janridagi jamoaviy strategik o‘yin bo‘lib, unda ikki jamoa – har birida beshtadan o‘yinchi – raqibning tronini yo‘q qilish uchun kurashadi. Har bir o‘yinchi o‘ziga xos qobiliyatlari va jamoada o‘rni bo‘lgan noyob qahramonni boshqaradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston Dota 2 xalqaro musobaqasida qatnashadi