date

Manchester Siti - Fulxem o'yini uchun tarkib e'lon qilindi

Manchester Siti - Fulxem o'yini uchun tarkib e'lon qilindi
Manchester Siti Angliya Premer-ligasining 14-turida Fulxemga qarshi kechadigan o‘yin uchun boshlang‘ich tarkibni e’lon qildi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 00:30 da boshlanadi.

Jamoa safida o‘zbekistonlik futbolchi Abduqodir Xusanov zaxirada qolgan va u ikkinchi bo‘limda maydonga tushishi mumkin. Jamoa bosh murabbiyi asosiy tarkibda darvozabon sifatida Donnarummaga ishonch bildirdi.

Himoya chizig‘ida Nunyes, Dias, Gvardiol va O’Rayli harakat qiladi. Yarim himoya liniyasini Niko, sardor sifatida maydonga tushadigan Bernardu va Reynjers tashkil etadi.

Hujum chizig‘ida esa Foden, Doku va Xoland ilk daqiqalardan maydonga tushadi. Ularning barchasi yaxshi sport formasida bo‘lib, o‘yin boshlanishi kutilganidan ham qiziqarli kechishi mumkin.

Shuningdek, tarkibdagi zaxira o‘rindig‘i ham kuchli va muvozanatli shakllantirilgan. Zaxirada Trafford, Lyuis, Ait-Nuri, Stouns, Ake, Xusanov, Marmux, Cherki va Savinyu bor.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Manchester Siti - Fulxem o'yini uchun tarkib e'lon qilindi