date

Amazon AI tufayli yana 16 ming xodimni ishdan bo‘shatadi

Amazon AI tufayli yana 16 ming xodimni ishdan bo‘shatadi

Sun’iy intellekt sohasidagi raqobat kuchayishi fonida Amazon butun dunyo bo‘ylab yana 16 ming xodimni ishdan bo‘shatadi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

Ommaviy ishdan bo‘shatishlarning sababi sifatida kompaniya "byurokratiyani yo‘q qilish" va "shaxsiy mas’uliyatni oshirish" istagini keltirdi.

Sentabr oyida Amazonda 350 ming ofis xodimi ishlagan. Bu odamlarning 4,6 foizi qisqartiriladi. Kompaniya xodimlarining umumiy soni - 1,57 mln, ularning aksariyati ombor ishchilari.

2025 yil oktyabr oyida Amazonda qisqartirishlarning birinchi to‘lqini sodir bo‘ldi. O‘shanda 14 ming kishi ishdan bo‘shatilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Texno » Amazon AI tufayli yana 16 ming xodimni ishdan bo‘shatadi