
7-dekabr kuni Yugorsk shahrida F.K. Salmanov xotirasiga bag‘ishlangan Neft davlatlari kubogi musobaqasi yakunlandi.
1-7 dekabr kunlari o‘tkazilgan ushbu turnir mintaqaning eng kuchli bokschilarini birlashtirdi. O‘zbekiston terma jamoasi musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etib, jami 5 ta medal, jumladan, 2 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi.
71 kg vazn toifasida ishtirok etgan Abduaziz Jurakulov final jangida raqiblariga imkon qoldirmay, oltin medal sohibiga aylandi. +92 kg og‘ir vaznda esa Ozodbek Aliyev ham ishonchli chiqish qilib, jamoaga ikkinchi oltin medalni taqdim etdi.
75 kg vazn toifasida Jasurbek Olimjonov musobaqa davomida barcha janglarni muvaffaqiyatli o‘tkazdi, biroq finalda imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bronza medallarni quyidagi bokschilar qo‘lga kiritdi: - Abduaziz Abdunazarov (54 kg); - Norbek Abdullayev (80 kg).
Musobaqa hakamlar jamoasida Baurjon Joldoshev ham faoliyat olib bordi va janglarning adolatli o‘tkazilishini ta’minladi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.