date

«Kristal Pelas» safarda «Fulhem»ni mag‘lub etdi

«Kristal Pelas» safarda «Fulhem»ni mag‘lub etdi

Angliya Premer-ligasining 15-turida "Fulxem" o‘z maydonida "Kristal Pelas"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Mehmonlar g‘alaba to‘pini 87-daqiqada standart vaziyatdan so‘ng kiritdi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridan "Fulxem" to‘pni nazorat qilib, raqib jarima maydoniga tez-tez kirib bordi. Ammo mezbonlarning xavfli hujumlari uzoq vaqt davomida natija bermadi.

"Kristal Pelas" esa ehtiyotkorlik bilan qarshi hujumlarda imkoniya izlab, asosan standart vaziyatlarga tayanib o‘ynadi. 20-daqiqada mehmonlar uchun bu taktika ish berdi.

Uortonning uzatmasidan so‘ng Nketiya o‘ng oyog‘i bilan aniq zarba berib, hisobni ochdi. "Fulxem" ustunlikka ega bo‘lishiga qaramay, hisobda ortda qoldi.

O‘z darvozasiga gol o‘tkazib yuborgan mezbonlar hujumlarini yanada kuchaytirib, 38-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Ximenes to‘pni olib yurib, Uilsonga uzatma berdi. Uilson markazga burilib, chap oyog‘i bilan darvozani aniq nishonga oldi. Shundan so‘ng tashabbus to‘liq mezbonlar tomoniga o‘tdi.

Ikkinchi bo‘limda "Fulxem" raqibni o‘z darvozasi oldida siqib qo‘ydi. 53-daqiqada Smit Rou sherigining uzatmasidan keyin to‘pni darvozaga yo‘lladi, biroq VAR tizimi Chukvuezening hujum boshidagi ofsayd holatini qayd etib, golni bekor qildi.

Shunga qaramay, mezbonlarning bosimi davom etdi. Hujumlar ko‘proq Ivobi va Tete orqali qanotlardan uyushtirildi.

Shu bilan birga, darvozabon Xenderson "Kristal Pelas"ni bir necha marta qutqarib qoldi. Mehmonlar esa kamdan kam qarshi hujumlar uyushtirib, keyinchalik tarkibni almashtirish orqali o‘yinni jonlantirdi.

O‘yin yakunga yetib borayotgan bir paytda "Fulxem" oldinga tashlanib, orqa chizig‘ida bo‘shliqlar qoldirdi. Buni "Kristal Pelas" o‘z foydasiga hal qildi.

87-daqiqada Yeremi Pino chap qanotdan burchak to‘pini oshirdi. Bir nechta rikoshetlardan so‘ng to‘p jarima maydonidagi Gexiga yetib bordi va u bosh bilan darvozani aniq nishonga oldi.

Qolgan daqiqalarda "Fulxem" hujumlarni kuchaytirishga urindi, ammo vaqt yetmadi. Natijada "Kristal Pelas" 2:1 hisobi bilan g‘alaba qozonib, "Kreyven Kottij" stadionidan uch ochko bilan qaytdi.

Fulhem — Kristal Pelas 1:2

7 dekabr, «Kreyven Kottej»

Gollar: Uilson (38) — Nketia (20), Gehi (87).

Fulhem — Leno, Tete, Andersen, Bessi, Kastan, Berg (Lukich, 76), Ivobi (Traore, 89), Uilson (Kerni, 89), Smit-Rou (Kevin, 68), Chukvueze (King, 76), Ximenes.

Kristal Pelas — Henderson, Richards, Lakrua, Gehi, Klayn (Kanvot, 77), Uorton, Kamada, Mitchell, Nketia (Lerma, 66), Pino (Devenni, 90+1), Mateta (Uche, 66).

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » «Kristal Pelas» safarda «Fulhem»ni mag‘lub etdi