date

O‘zbekiston boks federatsiyasi va Asian Boxing hamkorlik memorandumi imzoladi

O‘zbekiston boks federatsiyasi va Asian Boxing hamkorlik memorandumi imzoladi

O‘zbekiston boks federatsiyasi hamda Osiyo boks konfederatsiyasi (Asian Boxing) respublikada boksni rivojlantirish va xalqaro tajribani amaliyotga joriy etishga qaratilgan ikki tomonlama hamkorlik memorandumini imzoladi. Bu haqda uzdaily.uz xabar beradi.

Hujjat Asian Boxing prezidenti Pichai Chunhavjira O‘zbekistonga tashrifi doirasida rasmiylashtirildi. U tashrif bilan Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh assambleyasida ishtirok etish uchun kelgan.

Uchrashuvda Asian Boxing rahbari O‘zbekiston boks federatsiyasi birinchi vitse-prezidenti, shuningdek Asian Boxing vitse-prezidenti Saken Polatov bilan muzokara o‘tkazdi. Tomonlar hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qilib, yaqin davr uchun ustuvor vazifalarni kelishib oldi.

Memorandumda mamlakatning har bir hududida zamonaviy boks markazlarini tashkil etish, sportchilar va hakamlar tayyorgarligini kuchaytirish hamda samarali mashg‘ulot metodikalarini joriy etish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, xorijiy murabbiy va mutaxassislarni jalb qilish, mahalliy kadrlar malakasini oshirish uchun xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston boks federatsiyasi va Asian Boxing hamkorlik memorandumi imzoladi