date

O‘zbekiston bokschilari Minskda 14 medal qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston bokschilari Minskda 14 medal qo‘lga kiritdi
O‘zbekiston bokschilari Minsk shahrida 2-8 dekabr kunlari o‘tkazilgan V. I.Livensev xotirasiga bag‘ishlangan XXII xalqaro turnirda muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Turnirda kuchli raqiblar to‘plangan bo‘lib, o‘zbekistonlik sportchilar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.

Natijada, jamoamiz 6 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. 54 kg vazn toifasida Farozbek Dusmatov oltin medalga sazovor bo‘ldi.

Shuningdek, 75 kg vaznda Xusan Rixsiboyev chempionlikni qo‘lga kiritdi. Ayollar jamoasi ham yuqori natijalar ko‘rsatdi: 50 kg vaznda Robiya Baxtiyorova, 54 kg vaznda Aziza Yoqubova, 60 kg vaznda Mushtariybanu Ibrohimjonova va 70 kg vaznda Oysha Toirova oltin medalni qo‘lga kiritishdi.

Kumush medallarni Lazizbek Tulqinov (67 kg), Jasmina Toirova (48 kg) va Ruxshona Parpiyova (81 kg) taqdim etdi. Bronzani esa Shohrux Abdumalikov (60 kg), Samandar Jalolov (80 kg), Muxlisa Xushvaqtova (52 kg), Dilfuza Bekova (63 kg) va Mavluda Mavlonova (75 kg) qo‘lga kiritdi.

Sportchilarni musobaqaga tayyorlashda Azim Xudoyqulov, Barbaro Fernandes Ximenez, Jamol Polatov, Javlon Eshmatov va Yusufjon Tursunov kabi murabbiylar faol qatnashdi. Turnirda Jahongir Soliyev hakam sifatida ishtirok etdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » O‘zbekiston bokschilari Minskda 14 medal qo‘lga kiritdi