Zamin App
Zamin.uz Mobil ilovamizda yangiliklarni qulayroq o'qing!
Yuklab olish
USD: 12136.92   EUR: 14191.70   RUB: 159.99

Avaz Oxun yana kuldiradi: "Kulib yashaylik" nomli konsert dasturi Farg‘onada!

date views 5 category Madaniyat

Avaz Oxun yana kuldiradi: "Kulib yashaylik" nomli konsert dasturi Farg‘onada!

Kulgi shinavandalari uchun xushxabar bor! So‘z ustasi, taniqli qiziqchi Avaz Oxunning “Kulib yashaylik” nomli konsert dasturi 14–15 fevral kunlari soat 14:00 va 17:00 da, Farg‘ona shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur kulgi kechasi "Islom Karimov" nomidagi Farg‘ona san’at saroyi sahnasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Avaz Oxunning o‘ziga xos hazillari, hayotiy latifalari va quvnoq chiqishlari muxlislariga ko‘tarinki kayfiyat ulashishi shubhasiz.

Bu xushxabar qiziqchining muxlislari uchun chinakam sovg‘a bo‘ldi. Vaqtni boy bermang — konsertga tashrif buyuring va so‘z ustasining kulguga boy chiqishlaridan bahramand bo‘ling!

Mavzuga oid yangiliklar
So'nggi yangiliklar
Ko'p o'qilganlar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.