Al-Nasr Ronaldu bilan 2027 yildan keyin ham qolmoqchi

Hujumchi Krishtianu Ronaldu 2027 yil yozida, amaldagi shartnomasi yakunlangach, «Al-Nasr»ni tark etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Jurnalist Ben Jeykobs xabariga ko‘ra, Saudiya Arabistoni Ronaldu mamlakatda qolishi uchun uni klub egalaridan biriga aylantirish variantini ko‘rib chiqmoqda. Rejaga binoan, portugaliyalik yulduzning «Al-Nasr»dagi ulushi hozirgidan oshirilib, 15 foizgacha yetkazilishi mumkin. Liga esa Ronaldu ketgan taqdirda global qiziqish keskin pasayib ketmasligi uchun turli ssenariylarni o‘rganmoqda.
Ronaldu 2023 yilda «Al-Nasr»ga erkin agent sifatida kelgandi. Joriy mavsumda u Saudiya klubi safida 20 o‘yinda maydonga tushib, 17 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing