date

Haykin Manchester Sitini yengish Norvegiya sporti tarixiga kirdi

Haykin Manchester Sitini yengish Norvegiya sporti tarixiga kirdi

Norvegiyaning «Bude-Glimt» klubi darvozaboni Nikita Haykin «Manchester Siti» ustidan qo'lga kiritilgan sensatsion g'alaba haqida fikr bildirdi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Yevropa Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 7-tur uchrashuvida norvegiyaliklar 3:1 hisobida zafar quchdi.

Haykinning aytishicha, o'yindan keyin ham jamoa nimalarga erishganini darhol anglab yetmagan: «Biz XXI asr futbol industriyasidagi, ehtimol, eng kuchli tizimga ega klubni yutganimizni darhol his qilmadik. Bu o'yin nafaqat biz uchun, balki barcha norveglar, umuman Norvegiya sporti uchun tarixga kirdi», — dedi u VideoSports dasturida.

Darvozabon ushbu natijani faoliyatidagi eng muhim g'alabalardan biri sifatida alohida qayd etdi.

Hozirda «Bude-Glimt» Chempionlar ligasi turnir jadvalida 6 ochko bilan 28-o'rinda bormoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Haykin Manchester Sitini yengish Norvegiya sporti tarixiga kirdi