
2025 yil 14 dekabr kuni O‘zbekiston paralimpiya suzish jamoasi Dubayda o‘tkazilgan V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlaridagi ishtirokini yakunladi va 59 ta medal qo‘lga kiritdi. Ushbu medallardan 36 tasi oltin, 15 tasi kumush va 8 tasi bronza bo‘ldi.
O‘zbekiston Paralimpiy qo‘mitasi bergan ma'lumotga ko‘ra, musobaqalarning so‘nggi kunida sportchilarimiz 19 ta oltin, 9 ta kumush va 4 ta bronza medal yutib, o‘z natijalarini yanada mustahkamladi. Paralimpik suzish musobaqalari V Yoshlar Paraosiyo o‘yinlari doirasida tashkil etilgan bo‘lib, Dubay shahri mezbonlik qildi.
O‘zbekiston jamoasining mazkur musobaqalardagi yutug‘i turnirning eng yuksak natijalaridan biri sifatida qayd etildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.