date

Levandovski 30 yoshdan keyingi gollarda Ronalduga yaqinlashdi

Levandovski 30 yoshdan keyingi gollarda Ronalduga yaqinlashdi

Robert Levandovski «Barselona»ning «Kopengagen»ga qarshi o‘yinida burilish yasashga hissa qo‘shdi. 37 yoshli hujumchi 48-daqiqada hisobni 1:1 ga tenglashtirib, jamoasini o‘yinga qaytardi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Opta ma’lumotiga ko‘ra, polshalik forvard 30 yoshdan oshganidan keyin Chempionlar ligasida 68 ta uchrashuvda 62 ta gol urdi. Bu ko‘rsatkich turnir tarixida ikkinchi o‘rin bo‘lib, faqat Krishtianu Ronaldudan ortda: portugaliyalik hujumchi 30 yoshdan keyin 68 bor raqib darvozasini ishg‘ol qilgan.

Levandovski 2022 yildan beri «Barselona» safida to‘p suradi. Kataloniyaga ko‘chib o‘tishidan avval u Myunxenning «Bavariya»si hamda Dortmundning «Borussiya»si sharafini himoya qilgan. Joriy Chempionlar ligasi mavsumida tajribali «ko‘k-anorranglilar» hujumchisi ikki bor gol urishga ulgurdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Levandovski 30 yoshdan keyingi gollarda Ronalduga yaqinlashdi