Xoland nihoyat gol urib, sukunatini yakunladi

Xoland nihoyat gol urib, sukunatini yakunladi

«Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland uzoq cho‘zilgan golsiz seriyasiga nuqta qo‘ydi. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.

Norvegiyalik forvard Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 8-turida «Galatasaroy»ga qarshi o‘yinda 11-daqiqada hisobni ochdi. Xoland bungacha barcha musobaqalarda ketma-ket besh uchrashuvda gol ura olmagandi. 25 yoshli futbolchi esa o‘yindan kiritilgan gollar bo‘yicha yanada uzoqroq tanaffusni boshdan kechirgan: u 20 dekabrdan beri ketma-ket to‘qqiz bahs davomida raqib darvozasini ishg‘ol etmagandi.

Xoland Chempionlar ligasi to‘purarlari poygasida «Bavariya» hujumchisi Garri Keyn bilan birga ikkinchi o‘rinni bo‘lishib turibdi — har ikkisi 7 tadan gol urgan. Peshqadam esa «Real» Madrid safidagi Kilian Mbappe bo‘lib, uning hisobida 12 ta aniq zarba bor.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Sardor Ergashev
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar