
APLning 19-turida «Chelsi» o‘z maydonida «Bornmut»ni qabul qilib, 2:2 hisobida durang o‘ynadi. Uchrashuvdagi barcha gollar tanaffusgacha kiritildi, ikkinchi bo‘limda esa jamoalar asosan himoyaviy tartibga tayanib harakat qildi. Bu haqda kursiv.uz xabar beradi.
Mehmonlar 8-daqiqadayoq hisobni ochdi: avt tashlashdan keyin to‘p qaytgan vaziyatda birinchi bo‘lib Devid Bruks yetib borib, uni darvozaga yo‘naltirdi. «Chelsi» tez javob qaytardi — 16-daqiqada VAR ko‘rigidan so‘ng belgilangan penaltini Koul Palmer aniq amalga oshirdi.
24-daqiqada londonliklar oldinga chiqib oldi: Alejandro Garnacho ishtirokidagi kombinatsiyadan so‘ng Enzo Fernandes uzoq burchakka aniq zarba berib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. Biroq «Chelsi» ustunlikni saqlab qola olmadi — 28-daqiqada himoyadagi xatodan foydalangan Jastin Klyuyvert tenglikni tikladi.
Ikkinchi taymda «Chelsi» tashabbusni ko‘proq qo‘lida ushlab, tez-tez burchak zarbalari ishladi. «Bornmut» esa kam sonli qarshi hujumlar bilan javob berdi va natijada «Stamford Brij»da hisob o‘zgarmay qoldi — 2:2.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.