
Madridning «Real» klubi hujumkor yarim himoyachisi Brahim Dias jamoa bilan yangi kelishuvga yaqin. Cadena SER xabariga ko‘ra, marokashlik futbolchi bilan tuziladigan yangi shartnoma 2030 yilning o‘rtalarigacha mo‘ljallangan. Bu haqda euro-football.ru xabar beradi.
Bitim hozircha rasman e’lon qilinmagan, biroq tomonlar barcha shartlarni to‘liq kelishib olgan. Yangi kontrakt Diasning maoshini ham oshirishi kutilmoqda.
Hozirda Brahim Diasning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha kuchda. Joriy mavsumda 26 yoshli futbolchi «qirollik klubi» safida barcha musobaqalarda 18 o‘yinda maydonga tushib, 1 gol va 2 assist qayd etdi.
«Real»ning navbatdagi uchrashuvi 4 yanvar, yakshanba kuni «Betis»ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.